05 may 13:14
Yangiliklar

Krouford: "Czyu bilan jang qilmoqchi edim"
"Tim Czyu bilan jang, albatta, rejalarimdan o'rin olgan edi. Men mutlaq chempionlik uchun odimlayotganimda, Czyu kamarga ega edi. SHuning uchun ham bu tashkil etilishi mumkin bo'lgan janglardan biri edi. Tim mening maqsadlarim ro'yxatida edi. Biroq, u Fundora bilan jang qilishga qaror qildi. Keyin ishlar ko'ngildagidek bo'lmaganida, Sebastyan men bilan jang qilishdan bosh tortgani uchun boshqa yo'ldan borishga majbur bo'ldik. Menejerlar Czyuni men tufayli Fundora bilan jang qilishga ko'ndirishdi. Uning ustozlari, men bilan jangdan ko'ra, tajriba orttirishini istashardi. Bokschi sifatida men Timning qaroridan xafa bo'ldim", deya Kroufordning so'zlaridan iqtibos keltiradi FOX Sports Australia.
Fikrlar