28 sen 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

"Krouford Kanelo bilan revanshga rozi bo'ladi" - murabbiy
Sobiq jahon chempioni, hozirda murabbiy sifatida ishlayotgan Robert Garsiya Terens Krouford Saul Alvares bilan revanshga rozilik berishiga ishonmoqda.
"Menimcha, Krouford revanshga rozi bo'ladi. CHunki u yana Kaneloni mag'lub etishini biladi. Bundan tashqari, katta pullar ham qo'yiladi. Nega yana buni takrorlamaslik kerak?
Krouford g'alabadan so'ng karerasini yakunlashni niyat qilgan edi. Uning o'zi ham menga shunday degan. Lekin u juda yaxshi ko'rinishda edi, shuning uchun revansh to'g'ri bo'ladi. Menimcha, u revanshdan keyingina faoliyatini tugatadi", — dedi Garsiya.
Havola :
Manba : Boxingnews24
Fikrlar