15 may 08:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Krouford – Kanelo jangi sanasi o'zgardi
Terens Krouford va Saul Alvares o'rtasidagi jang sanasi o'zgardi.
Unga ko'ra, ushbu jang bir kun keyin, yani 13 sentyabrda o'tkaziladi.
Jang ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni unvoni uchun o'tkaziladi. Bungacha mazkur qarama-qarshilik 12 sentyabrga rejalashtirilgan edi.
SHuningdek, jangning manzili ham o'zgarishi mumkin. Avvalroq bahs Las-Vegasdagi "Allegiant Stadium"da o'tkazilishi anons qilingandi. Endi Nyu-York yoki Los-Anjeles ushbu jangni qabul qilishi mumkin bo'lgan shaharlar ro'yxatida turibdi.
Bunga sabab sifatida, "Allegiant Stadium"da o'sha kuni futbol uchrashuvi borligi aytilmoqda. Lekin 13 sentyabr kuni Meksikada UFC 320 turniri ham tashkil etiladi. Janglar bir vaqtga to'g'ri kelib qolishi mumkin.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar