26 dek 16:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Krouford: Lomachenko mutlaq chempion bo'lishga qodir
Mag'lubiyatsiz amerikalik bokschi ukrainalikni qo'llab-quvvatladi.
Terens Krouford Vasiliy Lomachenkoning kelajagi haqida gapirdi.
Amerikalik bokschining so'zlariga ko'ra, agar Lomachenko amaldagi chempion Jorj Kambosos bilan jang o'tkazsa, mutlaq chempion bo'lishiga ishonadi
“Menimcha, Lomachenko engil vazn toifasida Kambosos, Jervonta Devis va Xeynidan keyin to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Ammo u barcha kamarlar uchun kurashish imkoniyatini qo'lga kiritsa, menimcha, u mutlaq jahon chempioni bo'lishi mumkin. Agar Kambosos va Lomachenko o'rtasidagi jang bo'lib o'tadi deb hisoblasak, men Lomaning imkoniyatlarini yuqori baholayman", - dedi Krouford.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar