05 apr 10:22
Yangiliklar
Krouford va Spens mutlaq jahon chempionligi uchun jang o'tkazadi
Yarimo'rta vazn (66,7 kg) toifasida amerikalik jahon chempionlari Errol Spens (28-0, 22 KO) hamda Terens Krouford (39-0, 30 KO) o'rtasidagi mutlaq chempionlik uchun jang o'tkaziladi, deb xabar bermoqda The Ring nashri.
Ushbu superjang 18 iyun kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Aprel oyining oxirlarida mutlaq jahon chempionligi uchun kechadigan jang rasman elon qilinadi.
Malumot uchun, 35 yoshli Terens Krouford o'tgan yilning dekabr oyida WBO chempionlik kamarini rossiyalik David Avanesyandan muvaffaqiyatli tarzda himoya qilgan edi. U oltinchi raundda raqibini nokautga uchratgandi.
33 yashar Errol Spens esa so'nggi jangini 2022 yilning aprel oyida o'tkazgandi. O'shanda u kubalik Yordenis Ugasni o'ninchi raundda mag'lubiyatga uchratib, WBC, WBA Super va IBF kamarlarini birlashtirib olgandi.
Fikrlar