So’nggi yangiliklar

14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0

12 okt 12:57
Yangiliklar

Boks/MMA

Kuba boks federaciyasi prezidenti: "Kuba va O'zbekiston do'st mamlakatlar hisoblanadi. Biz birgalikda yuqori natijalarga erishmoqchimiz"

Teglar :  Kuba
Xabar berib o'tganimizdek, boks bo'yicha Kuba terma jamoasi yig'in o'tkazish uchun O'zbekistonga etib keldi. Kubaliklar Toshkent shahrida kutib olindi.

Kuba boks federaciyasi prezidenti Alberto Puig aeroportda OAV xodimlari uchun intervyu berdi. 

- Bu O'zbekistonga birinchi tashrifingizmi?

- O'zbekistonga oldin ham kelgandim. 2016 yil Butunjahon boks seriyasi musobaqasi finalida kelgandim. O'sha jangda ajoyib natija qayd etgandik. Endi shu erda o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etmoqchimiz. Bu er - Olimpiya chempionlari mamlakati. O'zbekiston va Kuba sovrindor bokschilarni o'zida jamlagan mamlakatlar hisoblanadi. 


- Serbiyada nechta medal qo'lga kiritishni maqsad qilgansiz?

- Jahon chempionatida medallar uchun kurash barcha uchun qiyin bo'ladi. SHuni taxmin qilamanki, Kuba va O'zbekiston terma jamoalari 7 ta oltin medalni qo'lga kiritishadi. 


- Yana qaysi mamlakatlarni favoritlar sifatida etirof etasiz?

- Rossiya, Qozog'iston, Angliya, shuningdek Ozarbayjon hamda mezbon Serbiya mamlakatlarini medallar uchun asosiy davogar mamlakatlar sifatida qayd etgan bo'lardim. 

O'zbekistonga uch nafar Olimpiada chempioni bilan keldik. SHuni aytishni istardimki, Kuba va O'zbekiston do'st, qardosh mamlakatlar hisoblanadi. Biz birgalikda tayyorgarlik ko'rib, yuqori natijalarga erishishimizga umid qilaman.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Kuba terma jamoalari endi 22 oktyabrgacha Yangiobod bazasida qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlari olib borishadi va o'sha kuni JCHda ishtirok etish uchun Serbiyaga jo'nab ketishadi. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing