04 iyu 17:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Kubalik yana bir murabbiy O'zbekiston boks terma jamoasida faoliyat olib boradi
O'zbekiston boks milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi tarkibiga yana bir tajribali mutaxassis qo'shildi.
Kubalik murabbiy Fernandez Ximenez Barbaro endilikda Elshod Rasulov boshchiligidagi ayollar terma jamoamiz shtabida katta murabbiy sifatida ish boshlaydi. Mutaxassis bizgacha, 40 yillik faoliyati davomida dunyoning ko'plab terma jamoalarida bosh murabbiy sifatida ishlab kelgan.
Fernandez Ximenezning terma jamoamiz bilan kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tilaymiz. Ishonamizki jamoamizning yutuqlarida o'z hissasini qo'shib, ayollarimiz boksini yanada yuqori pog'onalarga olib chiqishda yordam beradi.
Havola :
Manba : Boxing Uzbekistan
Fikrlar