28 okt 09:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Kubrat Pulev Fyurini mag'lub etdi va IBF kamari uchun davogarga aylandi
Kecha oqshom Bolgariyada professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida superog'ir vazn toifasi vakillari - bolgariyalik 37 yoshli Kubrat Pulev britaniyalik 24 yoshli Xyui Fyuriga qarshi ringga ko'tarildi.
O'zidan 13 yosh kichik bokschi bilan jang o'tkazgan Pulev 12 raund yakunlariga ko'ra g'alaba qozondi. Hakamlar 118-110, 117-111 va 115-113 hisobida Kubratning g'alabasini taminlashdi. Pulev bu g'alaba evaziga IBF chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar