15 okt 22:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Kun xabari! Xabib - Getji jangi O'zbekiston hududida jonli efirda namoyish etiladi
Yana to'qqiz kundan so'ng uzoq kutilgan UFC 254 kechasi bo'lib o'tadi.
Kechaning markaziy jangida engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko'tariladi. Uzoq kutilgan kechani Uzreport-tv orqali jonli translyaciya amalga oshiriladi. Translyaciyadan nafaqat kechaning markaziy jangi, balki asosiy kard va bir necha prelim to'qnashuvlar ham efirdan o'rin oladi. Bu haqida Davron Fayziev o'z telegram kanalida malum qildi.
Eslatib o'tamiz, UFC 254 kechasi 24 oktyabr kuni «Janglar oroli»da tashkil etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar