03 noy 20:02
Yangiliklar
Boks/MMA

"Kunning eng yaxshi jangi". Ruslan Abdullaevning Osiyo chempioni ustidan qozongan g'alabasi britaniyalik mutaxassis hayratiga sabab bo'ldi
Boks bo'yicha britaniyalik mutaxassis Teylor OʻXiggins o'zbekistonlik Ruslan Abdullaevning Osiyo chempionatida qozog'istonlik Sanatali Toltaev ustidan qozongan g'alabasiga munosabat bildirdi.
Yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni, kattalar o'rtasidagi qita chempionatining bronza medali sovrindori Toltaev musobaqadagi dastlabki jangidayoq O'zbekiston chempioniga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
"-63 kilogramm vazn toifasida o'zbekistonlik Ruslan Abdullaev bir ovozdan Qozog'iston vakili Sanatali Toltaevni mag'lub etdi, bu kunning eng yaxshi jangi bo'ldi. Mujibillo Tursunov o'rniga ushbu turnirga kelgan o'zbekistonlik bokschi chindan ham ajoyib jang namoyish etdi", - deb yozadi OʼXiggins Twitter sahifasida.
Eslatib o'tamiz, kecha Ruslan musobaqadagi Sanatali Toltaevni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar