29 may 13:43
Yangiliklar
Kurash. Prezident sovrini uchun bo'lib o'tgan turnir yakunlandi
-73 kilogramm vazn toifasidagi bahslar finalida Davlat Abraevga qarshi gilamga ko'tarilgan Hikmat To'raev musobaqaning dastlabki oltin medalini qo'lga kiritdi. Musobaqaning bronza medallarini Suhrob Xudoyberdiev va SHerbek Ablaqulovlar qo'lga kiritishdi.
-90 kilogramm vazn toifasida Yahyo Imomov finalda SHuhrat Arslonovni mag'lub etgan holda musobaqa g'olibiga aylandi. Bronza medallari Kamoliddin Rasulov va Dilshod Turdievlarga topshirildi.
Mutlaq vazn toifasida hamyurtimiz Abdulla Xoliyorov final bahsida Artyom Osipenkodan ustun ekanligini isbotladi. Bronza medallari Bekmurod Oltiboev va Baxtiyor Mengliqulovlarga nasib etdi.
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi matbuot hizmati
Fikrlar