18 iyu 15:25
Yangiliklar
Sport kurashlari
Kurashchi-qizlarimiz ham Osiyo chempionatiga yo'l olishdi (+tarkib)
Biroz avval ayollar kurashi bo'yicha O'zbekiston o'smirlar (U 17) terma jamoasi ham Osiyo chempionatida qatnashish maqsadida Bishkek shahriga jo'nab ketdi.
Xabar berganimizdek, Qirg'iziston poytaxti 19-26 iyun kunlari erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha o'smirlar (U 17) va yoshlar (U 23) o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. O'zbekiston terma jamoasi kurashchilari qita birinchiligining barcha yo'nalishlarida yurtimiz sharafini himoya qiladilar.
Ayollar kurashi (U 17) delegaciyasi tarkibi:
40 kg: Gulasal Abdunazarova
43 kg: Gulnura Ruslanova
46 kg: Gulhayo Hajieva
49 kg: Sanduqash Jenbaeva
53 kg: Sohibjamol Esbosinova
57 kg: Bahora Jumaqulova
61 kg: Ulmeken Esenbaeva
65 kg: Sevinch Sultonova
69 kg: Sevinchoy Polvonova
73 kg: Sevinch Roziqova
Murabbiylar - Nodirbek Komilov, Uljan Tajimuratova
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar