10 iyu 18:40
Yangiliklar
Kurashchi-qizlarimiz Osiyo chempionatida yangi sahifa ochishdi + FOTO
Eslatib o'tamiz, qita chempionatida bahs olib borgan ayollar kurashi terma jamoamiz azolaridan 4 nafari yakunda shohsupaga ko'tarilgandi. -57 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Layloxon Sobirova barcha raqibalarini mag'lubiyatga uchratib, Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi.
-53 kg vazn toifasidagi Dilshoda Matnazarova aylana tizimda o'tgan bellashuvlar yakunida kumush medalga sazovor bo'lgan bo'lsa, -62 kg vaznda kurashgan Rushana Abdirasulova hamda Firuza Esenbaeva (68 kg) bronza medali bilan taqdirlandi.
SHu tariqa, kurashchi qizlarimiz qita birinchiligini 1 tadan oltin va kumush, shuningdek, 2 ta bronza medali bilan yakunlashdi. Ahamiyatlisi, ushbu natija bilan ayollar terma jamoamiz Yaponiya va Hindistondan so'ng umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egalladi.
Fikrlar