So’nggi yangiliklar

18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0 13:14Теренс Кроуфорд бокс тарихидаги энг яхши учта жангни айтди 0

21 iyu 23:11
Yangiliklar

Sport kurashlari

Kurashchi-qizlarimiz Osiyo chempionatini 5 ta medal bilan kuchli beshlikda yakunlashdi

Qirg'izistonning Bishkek shahrida o'tkazilayotgan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

Bugun qizlarimiz (U 17) qita chempionati medallari uchun raqibalariga qarshi bahs olib borishdi. 43 kg vazndagi kurashchi-qizimiz Gulnura Ruslanova aylana tizimda o'tgan bellashuvlar yakunida kumush medal sohibiga aylandi. Gulnura Jazira Nalibaevani (Qozog'iston) 10-0, Mungunsolongo Balsanni (Mo'g'uliston) 11-0, Diana Amanturovani (Qirg'iziston) 6-1 hisobida engib, bo'lajak chempion, hindistonlik Ritika Ritikaga imkoniyatni boy berib qo'ydi.      

49 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sandugash Jenbaeva Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi. U uchinchi o'rin sohibini aniqlab bergan uchrashuvda qozog'istonlik Ayimgul Abilovadan 6-2 hisobida ustun keldi. 

Bugungi kun bahslarida terma jamoamizga yana bir medalni Sevinch Sultonova taqdim etdi. 65 kg vaznda kurashgan To'ymurod Adizov shogirdi uchinchi o'rin uchun kechgan murosasiz bellashuvda yaponiyalik Sava Xigashini 8-7 hisobida engdi.

SHu tariqa, kurashchi-qizlarimiz (U 17) Osiyo chempionatini 2 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida kuchli beshlikda yakunlashdi.

Kumush medal

43 kg: Gulnura Ruslanova 

61 kg: Ulmeken Esenbaeva  

 

Bronza medal

40 kg: Gulasal Abdunazarova 

49 kg: Sandugash Jenbaeva 

65 kg: Sevinch Sultonova

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing