So’nggi yangiliklar

07:06Чимаев Царукян билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0

24 apr 13:44
Yangiliklar

Sport kurashlari

Kurashchi-qizlarimiz Yangiobodda mashg'ulot o'tkazishyapti FOTOREPORTAJ

SHu kunlarda ayollar kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkent viloyatida joylashgan tog'li Yangiobod bazasida jam bo'lgan.

Anatoliy Ibragimov va Ahmed Kagarmanov murabbiyligidagi kurashchi-qizlarimiz ushbu o'quv-mashg'ulot yig'ini orqali 6-9 may kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida o'tkaziladigan Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi jahon licenzion turniriga tayyorgarlik ko'rishyapti. Bu musobaqa nafaqat ayollar kurashi, balki erkin va yunon-rum kurashchilarimizga Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun so'nggi imkoniyat bo'ladi. 

Malumot uchun, yaqinda Qozog'istonda o'tgan Osiyo licenzion turniridan so'ng erkin va yunon-rum kurashi terma jamoalarimizda Tokio Olimpiadasi licenziyalari soni 8 taga etdi, yani har ikki terma jamoamizda ham 4 tadan yo'llanma bor. Qizlarimiz esa hozircha bu imkoniyatdan foydalana olishmadi. SHu sababli Sofiyadagi turnirda ayollar terma jamoamiz to'liq - 6 ta vazn toifasida ishtirok etadi.      

O'quv-mashg'ulot yig'inida 20 nafar kurashchi-qizlarimiz ishtirok etmoqda. Mashg'ulotlar kuniga uch mahaldan olib borilyapti. 18 aprelda boshlangan yig'in 1 mayga qadar davom etadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing