22 sen 16:48
Yangiliklar
Sport kurashlari
Kurashchilarimiz JCHni ikkita bronza medali bilan yakunlashi mumkin
Bugun Qozog'istonning Nur-Sultan shahrida sport kurashlari bo'yicha jahon chempionati o'z yakuniga etadi.
Reglamentga ko'ra, ushbu kun dasturida erkin kurash bo'yicha kechagi dasturdan so'ng medallar uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolgan sportchilar bahs olib borishadi.
Kechagi bellashuvlar yakuni bo'yicha ikki nafar vakilimiz Abbos Rahmonov (-61 kg) hamda Rashid Qurbonov (-79 kg) bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolishdi. Bu borada Rahmonov o'tish bosqichida o'z raqibini kutayotgan bo'lsa, yarim finalda imkoniyatni boy bergan Qurbonovning ham raqibi kechki dasturda malum bo'ladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar