So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

07 apr 12:16
Yangiliklar

Sport kurashlari

Kurashchilarimiz licenzion turnirda qatnashish uchun Qozog'istonga jo'nab ketishdi

9-11 aprel kunlari Qozog'istonning Olmaota shahrida Tokio Olimpiadasiga Osiyo qitasi sport kurashchilari uchun licenzion turnir bo'lib o'tadi.

Uch kun davomida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi vakillari Olimpiada yo'llanmalari uchun gilamga chiqishadi. 

Hozirgina erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoalari Toshkent - Olmaota reysi bilan Qozog'istonga uchib ketdi. Erkin va ayollar kurashi jamoalarimiz Olmaotada 6 ta, yunon-rum kurashchilarimiz esa 3 ta yo'llanma uchun bahslarga kirishadilar. Ikki yil avval Nur-Sultanda o'tgan jahon chempionatida klassiklarimizdan Elmurat Tasmuradov, Jalgasbay Berdimuratov va Rustam Assakalov Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritishgan edi.     

Umid qilamizki, har uchchala terma jamoamiz Qozog'istondagi turnirdayoq to'liq tarkibda yo'llanmalarni qo'lga kiritadi. So'nggi licenzion turnir esa 6-9 may kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida o'tkaziladi. Jahon licenzion turnirida barcha qita kurashchilari so'nggi imkoniyatdan foydalanishadi. 

Erkin kurash terma jamoasi tarkibi: 

57 kg: G'ulom Abdullaev 

65 kg: Ilyas Bekbulatov 

74 kg: Bekzod Abdurahmonov 

86 kg: Javrail SHapiev

97 kg: Magomed Ibragimov

125 kg: Maqsud Veysalov  

Bosh murabbiy - Olim Hikmatov

Murabbiylar - Abdurauf Bozorboev, Ali Ahmedov


Yunon-rum kurashi terma jamoasi tarkibi:

67 kg: Aram Vardanyan 

97 kg: Jahongir Turdiev 

130 kg: Mo'minjon Abdullaev

Bosh murabbiy - Ravshan Ro'ziqulov

Murabbiylar - Rustam Qudratov, Zaza Silagadze 


Ayollar kurashi terma jamoasi tarkibi: 

50 kg: Dauletbike Yaxshimuratova

53 kg: Aktenge Keunimjaeva

57 kg: SHohida Ahmedova

62 kg: Nabira Esenbaeva 

68 kg: Svetlana Oknazarova

76 kg: SHahribonu Ellieva   

Bosh murabbiy - Anatoliy Ibragimov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing