So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

13 apr 09:53
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

Kurashchilarimiz Ozarbayjondagi xalqaro turnirda qatnashadilar

Teglar :  Kurash
Bugun Ozarbayjon poytaxtidagi Boku sport saroyida erkin va yunon-rum kurashlari bo'yicha o'smirlar va kadetlar o'rtasida Ozarbayjon sport kurashlari federaciyasi kubogi ananaviy xalqaro turniri start oladi.

Musobaqada mezbonlardan tashqari Tojikiston, Ukraina, O'zbekiston, Latviya, Rossiya, Turkiya, Eron, Gruziya, Qozog'iston va Belorus davlatlaridan sportchilar g'oliblik uchun kuch sinashishadi. 

Turnir dasturiga ko'ra 13-14 aprel kunlari yunon-rum kurashi bo'yicha bellashuvlar o'tkazilsa, 15-16 aprel kunlari erkin kurashchilar gilamga chiqishadi. O'zbekiston terma jamoasi har ikkala yosh toifasida to'liq tarkib bilan ishtirok etadi. 

Yunon rum kurashi bo'yicha Olimjon Qurbonov ustozlik qilayotgan kadetlar terma jamoasi tarkibidan qo'yidagi sportchilar joy olishgan: Laziz Toshkenboev (42 kg), Timur Bahronov (42 kg), Eldor Karimov (46 kg), Laziz O'zbekov (46 kg), Azizbek Olimov (50 kg), Javohir Samatov (58 kg), Umidjon Axrorov (63 kg), Barno Barnoev (69 kg), Ergali Ayximbaev (76 kg) va SHarofiddin Ernazarov (100 kg). 

Ushbu yosh toifasida erkin kurash bo'yicha terma jamoamizga Latif Xalimov ustozlik qiladi. Boku turnirida u o'zining sakkiz nafar shogirdi bilan ishtirok etadi. Bular: Umid Jalolov (42 kg), Arslon Rahimov (46 kg), Jamshidbek Marufov (50 kg), Farrux SHaripov (54 kg), Feruz Yoqubov (58 kg), Jamshid Abdufattoxov (76 kg), SHohjahon Avazov (76 kg) va Muhammadrasul Rahimov (85 kg). 

SHuningdek, musobaqada o'smirlar terma jamoamiz ham qatnashadi. Mazkur yosh toifasida yunon-rum kurashi bo'yicha terma jamoamizga tajribali murabbiy Ravshan Ro'ziqulov boshchilik qiladi. Mutaxassis xalqaro turnirga sakkiz nafar sportchini jalb qildi. Bular: Jasur Ortiqboev (50 kg), Ilhom Bahromov (55 kg), To'rabek Tirkashev (60 kg), Mahmud Baxshilloev (66 kg), Jalgas Berdimuradov (74 kg), Abubakr Alimov (74 kg), Ermat SHermatov (84 kg) va Abbos Ibragimov (120 kg). 

Va nihoyat o'smirlar o'rtasidagi erkin kurash bo'yicha terma jamoamiz tarkibini Rustambek Jo'raev (50 kg), Jahongirmirzo Turobov (55 kg), G'ulomjon Abdullaev (55 kg), Abbos Rahmonov (60 kg), Ramazon Ibodov (66 kg), Suxrob SHaripov (66 kg), Jasurbek Usmonoxunov (74 kg), Isa SHapiev (74 kg), Djavrail SHapiev (84 kg) va Sardorbek Xolmatovlar to'ldirishgan. Ularga Olimjon Xikmatov ustozlik qiladi. 

Takidlash lozimki, mazkur musobaqa murabbiylar kengashiga Osiyo va jahon chempionatlarida vatanimiz sharafini himoya qiladigan milliy terma jamoamiz tarkibini aniqlab olishga yordam beradi. Bunday toifadagi musobaqalar esa yil oxiriga qadar to'rttani tashkil etadi. 

- o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati. 15-18 iyun. Taydjun, Xitoy Taypeyi; 

- o'smirlar o'rtasida jahon chempionati. 1-6 avgust. Tempere, Finlyandiya; 

- kadetlar o'rtasida Osiyo chempionati. 20-23 iyul. Bangkok, Tailand; 

- kadetlar o'rtasida jahon chempionati. 4-10 sentyabr. Afina, Greciya;


Reyting:    

Fikrlar

   
13 apr 10:11:19
SarvarPARKENTLIK 2706
Artur Taymazovday chempionlar bölinglar
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing