06 apr 14:12
Yangiliklar
Sport kurashlari
Kurashchilarimiz shifokorlarning doimiy nazoratida FOTOGALEREYA
Koronavirus pandemiyasi butun dunyoga muqarrar xavf solayotgan bugungi sinovli kunlarda sportchilarimiz uy sharoitida mashg'ulotlarni davom ettirishyapti.
Jumladan, O'zbekiston sport kurashlari terma jamoasi azolari ham mustaqil ravishda mashg'ulot o'tkazishyapti. Mashg'ulotlar asosan sport formasini saqlab turish uchun yo'naltirilgan.
Terma jamoa shifokorlari va murabbiylar esa ularni doimiy tarzda nazorat qilib borishmoqda. Kurashchilarimiz har kuni ertalab va kechqurun tana haroratlari haqidagi malumotlarni maxsus ochilgan telegram kanaliga jo'natishyapti.
O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar