31 jan 15:47
Yangiliklar
Kurashchilarimiz yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqdalar
13 yanvar kuni boshlangan yig'inlar 3 fevralgacha davom etadi. SHundan so'ng, mashg'ulotlarning so'nggi bosqichi Toshkentdagi "Dinamo" sport majmuasida o'tkaziladi. Ushbu yig'inlar 10-24 fevral kunlari tashkil qilinishi rejalashtirilgan.
Mazkur yig'inlar orqali murabbiylar shtabi terma jamoamizning asosiy tarkibini aniqlab olishni maqsad qilganlar. Malumot uchun, kurashchilarimizni yaqin vaqtlar ichida bir qator turnirlar kutib turibdi. Jumladan, hamyurtlarimiz 9-11 fevral kunlari Rossiyaning Podolsk shahridagi xalqaro turnirda, 27 fevral - 4 mart kunlari Bishkekda bo'ladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadilar.
SHuningdek, yil davomida Indoneziyada o'tkaziladigan Osiyo o'yinlari va Vengriyadagi jahon chempionati kurashchilarimizni kutib turibdi.
Fikrlar