So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

18 jan 13:45
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

Kurashchilarimizdan medallar shodasi, Toshkentda Olimpiada licenziyasi uchun turnir o'tkaziladi

Teglar :  OlimpiadaKurash
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasida Mushvig Isaev xotirasiga bag'ishlangan ananaviy xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Etiborlisi, musobaqa Olimpiya vazn toifalarida o'tkazildi. 

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-18 oktyabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayresda III yoshlar Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tadi. Unga qadar barcha qitalarda ana shu Olimpiya o'yinlari uchun licenzion musobaqalar tashkil etiladi. Osiyo mintaqasida Argentinaga yo'llanma beruvchi qita chempionati mamlakatimiz poytaxti Toshkentda shu yilning 10-13 may kunlari bo'lib o'tadi. 

Aytish kerakki, Bokudagi xalqaro turnir terma jamoamiz murabbiylar shtabi uchun aynan manu shu muhim musobaqa oldidan yosh polvonlar imkoniyatini chamalab olish, terma jamoaga munosib nomzodlarni saralashda qo'l keldi. Mushvig Isaev xalqaro xotira turnirida mezbonlardan tashqari Rossiya, Qozog'iston, Gruziya va O'zbekiston terma jamoalari ishtirok etishdi. 

Musobaqa yakunlariga ko'ra yunon-rum kurashi bo'yicha bahslarda gilamga chiqqan yosh polvonlarimizdan Abror Nurmuhamedov oltin, Bekzod Ahmedov kumush, Muhammad Poyonov va Xusanxon Yunusxonovlar bronza medallariga sazovor bo'lishdi. Yakunda yunon-rum kurashi bo'yicha terma jamoamiz umumjamoa hisobida 3-o'rinni egalladi. 

Erkin kurash bo'yicha tashkil etilgan bellashuvlarda esa terma jamoamiz azolaridan Umidjon Jalolov va Muhammadrasul Rahimovlar oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsalar, Nodir Rahimov kumush, Zafarbek Otaxonov esa bronza medaliga ega chiqishdi. Ushbu natijalari evaziga erkin kurash bo'yicha terma jamoamiz musobaqani umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinda yakunladi. 

May oyiga qadar yoshlar terma jamoamizni yana bir qator xalqaro turnirlar va o'quv-mashg'ulot yig'inlari kutib turibdi. Ular orqali murabbiylar shtabi Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarni aniqlab olishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing