So’nggi yangiliklar

16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0 17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0

16 mar 07:23
Yangiliklar

Sport kurashlari

Kurashchilarimizga barcha masalani Qozog'istonda hal qilish vazifasi qo'yildi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati terma jamoalarimizning yirik musobaqalarga olib borayotgan tayyorgarlik rejalari bilan tanishib chiqishda davom etadi.

Kecha sport kurashlari bo'yicha terma jamoamizning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari muhokama markazida bo'ldi.

ZOOM platformasida bo'lib o'tgan uchrashuvda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Sport yakkakurashlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorat maktabi direktori Bahodir Mamatnazarov, O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi bosh kotibi SHuhrat Mamadaliev, terma jamoa murabbiylari va shifokori, shuningdek, MOQ xodimlari ishtirok etishdi.

Takidlash joiz, sport kurashlari bo'yicha terma jamoamizni kelasi oydan masuliyatli startlar kutib turibdi. Dastlab aprel oyida Qozog'istonning Olma-ota shahrida Osiyo qitasi uchun, so'ng Bolgariyaning Sofiya shahrida jahon miqyosida o'tadigan licenzion turnirlar bor. Uchrashuvda ushbu musobaqalarga olib borilayotgan tayyorgarlikka alohida ahamiyat qaratildi.

“Epidemiologik vaziyat keskinlashmoqda. Sportchilarimizni qattiq nazoratga olinglar. Xudo ko'rsatmasin, infekciya yuqtirib olishsa, licenzion musobaqagacha to'liq tiklanishga ulgura olmasligimiz mumkin. SHuningdek, butun dunyoda vaziyat xavfli tus olmoqda. SHuning uchun, imkon boricha Olma-otaning o'zida barcha licenziyalarni hal qilib olish kerak. Parij Olimpiadasiga ham 3 yildan ko'proq vaqt qoldi. Bu muddat ham ko'z ochib yumguncha etib keladi. Xanchjou-2022 va Parij-2024 musobaqalariga tayyorgarlik davomida selekciya ishlari obektiv bo'lishini so'rab qolamiz. Zaxiramizni kuchaytirish orqali kuchli ichki raqobat paydo qilishimiz kerak. Hukumatimiz ushbu musobaqalarga hozirlik ko'rishimizni qo'llab-quvvatlamoqda”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Suhbat davomida murabbiylar shtabi Xanchjou va Parij musobaqalariga rejalar xususida ham to'xtalib o'tishdi. Unga ko'ra, Ilyas Bekbulatov va Bekzod Abdurahmonovni ham Parij Olimpiadasiga tayyorlanadigan tarkibda ko'rish mumkin.

Ahamiyatlisi, rejaga ko'ra Bekbulatov -74 kg, Abdurahmonov esa -86 kg vazn toifalariga o'tishi kutilmoqda.

MOQ raisi onlayn uchrashuvda associaciya mutasaddilariga sportchilarning salomatligini qattiq nazoratga olish, o'quv-mashg'ulot nazoratini yanada kuchaytirish borasida ko'rsatmalar berib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing