08 apr 15:13
Yangiliklar
Sport kurashlari
Kurashchilarimizning kunlik holati shifokorimiz nazoratida FOTOGALEREYA
Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan karantin holatida sport kurashi vakillari ham uyda qolib, mashg'ulotlarni uy sharoitida davom ettirishyapti.
Sport kurashchilarimiz murabbiy va shifokorlarning doimiy nazoratida. Bu ikki soha vakillari masofadan turib ishni yo'lga qo'yishgan. Har kuni ertalab ularning birinchi galdagi vazifasini sportchilarimizning salomatligi bilan tanishish bo'ladi.
Bugun ham odatga ko'ra terma jamoa azolari tana haroratlari haqidagi malumotni telegramda ochilgan maxsus kanalimizga jo'natishdi. SHifokorimiz Elena Abaeva bu ishlarni o'z nazoratida ushlab turibdi. Bugungi natijalar shifokor kutgan darajada.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar