08 iyu 13:23
Yangiliklar
Kurashchilarimizning Polsha ochiq chempionatidagi ishtiroki boshlanmoqda
Tokio-2020 Olimpiya o'yinlaridan avval o'ziga xos sinov turnirida terma jamoamiz vakillari ham gilamga chiqishadi.
Reglamentga ko'ra, musobaqani erkin kurashchilar boshlab berishadi. SHundan so'ng ayollar kurashi va yakunda yunon-rum kurashi ustalari ishtirok etishadi. Turnirda Hoji Aliev (Ozarbayjon), Frenk CHamizo (Italiya), Roman Vlasov (Rossiya) kabi jahon yulduzlari qatori Bekzod Abdurahmonov, Elmurat Tasmuradov, Mo'minjon Abdullaev kabi polvonlarimiz ham kurash olib boradilar. Terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
Erkin kurash:
-57 kg: Mahmudjon SHavkatov
-61 kg: Jahongirmirza Turobov va G'ulomjon Abdullaev
-70 kg: Sirojiddin Hasanov
-79 kg: Bekzod Abdurahmonov va Rashid Qurbonov
-92 kg: Rustam SHodiev va Ajiniyaz Saparniyazov
Yunon-rum kurashi:
-60 kg: Muhammadqodir Yusupov
-63 kg: Islomjon Bahromov va Elmurat Tasmuradov
-67 kg: Mirzobek Rahmatov va Mahmud Baxshulloev
-72 kg: Aram Vardanyan
-82 kg: Jalgasbay Berdimuratov
-87 kg: Rustam Assakalov
-97 kg: Ergali Ayximbaev
-130 kg: Mo'minjon Abdullaev
Fikrlar