15 avg 12:10
Yangiliklar
Kurashchimiz jahon chempionati medalini qo'lga kiritishga yaqin
Etiborlisi, ayollar kurashi bo'yicha ham terma jamoamiz vakillari shohsupaga ko'tarilish imkoniyatini saqlab turishibdi. -76 kilogramm vazn toifasida bahs olib borayotgan vakilamiz Muxlisa Normo'minova chorak finalda kubalik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Biroq Milaymis Potrille (Kuba) finalgacha etib borgach hamyurtimizda bronza medali uchun kurashish imkoniyati saqlab qolindi.
Kurashchimiz dastlabki o'tish bellashuvida Hindiston va Yaponiya termasi vakilalarining bahsi g'olibiga qarshi ishtirok etadi. Bo'lajak bellashuv Normo'minovaning g'alabasi bilan yakunlansa, bronza medali uchun kurashda xitoylik Cian Jiang kutib turibdi.
SHuningdek, yana bir qator vakilalarimiz saralash bahslarida ishtirok etishadi:
-53 kg: SHohida Ahmedova – Eji Min (Janubiy Koreya)
-62 kg: Ariuxon Jumabaeva – Irina Rignachi (Moldaviya)
-65 kg: Dinora Rustamova – Tina Tina (Hindiston)
-72 kg: Svetlana Oqnazarova – Evgeniya Zaxarchenko (Rossiya)
Fikrlar