21 apr 15:30
Yangiliklar
Kurashchimiz Jasmina Immaeva Osiyo chempionati medali uchun gilamga chiqadi
Bugun qita chempionatining uchinchi kunida ayollar kurashi bo'yicha beshta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Saralash bahslarida hamyurtlarimizdan birgina Jasmina Immaeva kechki dasturda bronza medali uchun gilamga chiqishi malum bo'ldi.
-50 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jasmina birinchi davrada mo'g'ulistonlik Namunceceg Cund Ochirga imkoniyatni boy berdi. Keyin esa qozog'istonlik raqibasi Aygul Nuralimdan ustun keldi. Yarim finalda esa yaponiyalik Remina Yoshimotoga yutqao'ib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun hindistonlik Manisha Manishaga qarshi bahs olib boradi.
Sardinaz Jienbaeva (-55 kg), Dilfuza Aimbetova (-59 kg), Azoda Esbergenova (-68 kg) va Valentina Toreniyazova (-76 kg) saralash bellashuvlarida omadsizlikka uchrashdi.
Fikrlar