28 okt 16:55
Yangiliklar

Kutganmidingiz? AGMK - O'zbekiston kubogi sohibi!
Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida kechgan o'yinda kutilmagan natija qayd etildi. Ko'pchilik "Paxtakor" osonlikcha mamlakat kubogi sohibiga aylanadi, deb o'ylagandi. Lekin olmaliqlik futbolchilar bunga rozi bo'lishmadi.
Yovan Jokichning dubli hamda Zohir Pirimov tomonidan kiritilgan golga "Paxtakor" futbolchilari Ismoil Gonsalveshning yagona goli bilan javob qaytarishdi. AGMK o'z tarixida ilk bor O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritdi va kelasi mavsum OCHL pley-off bosqichida ishtirok etadi.
O'zbekiston kubogi-2018. FINAL.
AGMK - "Paxtakor" 2:1
28 oktyabr 2018 yil. Farg'ona shahri, "Istiqlol" stadioni.
Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Olim To'ychiboev
Gollar: Yovan Jokich 16 penalti, 1:0. Ismoil Gonsalvesh 54 penalti, - 1:1. Yovan Jokich 57, - 2:1, Zohir Pirimov 90, - 3:1.
AGMK - Roman Abdulov, Vladimir Bubanya, Vladislav Kasminin, Abduqahhor Xojiakbarov, Azamat Isroilov, Jasur Hasanov, Lutfulla To'raev (c), Zohir Pirimov, Kamoliddin Murzoev (Zafar Polvonov, 83), Yovan Jokich, Oybek Qilichev (Muzaffar Muzaffarov, 84).
"Paxtakor" - Eldorbek Suyunov, Akmal SHorahmedov (Igor Sergeev, 86), SHerzod Azamov, Marko Simich, Farruh Sayfiev - Dilshod Rahmatullaev (Jasur Yaxshiboev, 75), Vladimir Kozak (Jamshid Iskanderov, 46) - Ismoil Gonsalvesh, Dragan CHeran, Jaloliddin Masharipov - Tiago Bezerra.
Ogohlantirishlar: SHerzod Azamov 32, Lutfulla To'raev 34, Vladislav Kasminin 38, Abduqahhor Xojiakbarov 39, Yovan Jokich 80,
Fikrlar