23 may 07:46
Yangiliklar
Kutganmidingiz? O'zbekiston rossiyalik mashhur va tajribali sportchini mahalliylashtirish arafasida!
Bu haqda sportchining o'zi "Match TV" nashriga xabar berdi.
"O'tgan yili musobaqalarda O'zbekiston terma jamoasi uchun ishtirok etish taklifi paydo bo'lgan edi. Men bu taklifni ko'rib chiqdim. Sportdagi yagona maqsadim - faoliyatimni davom ettirish va xalqaro musobaqalarga qaytish.
Bu aniq maqsad. Men taklifga rozi bo'ldim va O'zbekiston terma jamoasi safiga o'tishga qaror qildim", dedi Semerikov.
Malumot uchun, Danila Semerikov konkida yugurish bo'yicha jahon chempionatlarida to'rt marotaba bronza medalini qo'lga kiritgan. 29 yoshli sportchi Evropa chempionatida ham ikkita kumush va bitta bronza medaliga ega chiqqan. U Rossiyada konki yugurish sport turining mashhur vakillaridan hisoblanadi.
Avvalroq, figurali uchuvchilar Ekaterina Geynish hamda Dmitriy CHigirevning ham O'zbekiston terma jamoasi safiga o'tishi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar