01 avg 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Kutilgan xabar! Jeyk Pol - Xasim Rahmon jangi bekor qilindi
Amerikalik videobloger Jeyk Pol hamda kichik Xasim Rahmon ishtirokidagi jang o'tkazilmaydi.
Bu malumotni jangni tashkil qilish bilan shug'ullangan MVP Promotions promouterlik kompaniyasi tasdiqladi. Kichik Rahmon afsonaviy Xasim Rahmonning o'g'li hisoblanadi.
Jangning bekor bo'lishiga Rahmonning vazn qila olmagani sabab sifatida ko'rsatilmoqda. Jang 6 avgust kuni birinchi og'ir vazn (90,7 kg.gacha) toifasida o'tkazilishi kerak edi. Kelishuvga ko'ra, Rahmon janggacha muntazam ravishda tarozidan o'tib turishi belgilangandi.
Nyu-York shtati Atletik komissiyasi xabariga ko'ra, shartnoma imzolanayotgan paytda Rahmonning vazni 98 kg chiqqan edi. Keyingi urinishda u yarim kilogramga vazn tashladi. SHundan so'ng Polning jamoasi jangni bekor qildi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar