08 fev 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Kutilmagan xabar! Dastin Pore faoliyatini yakunlashi mumkin
Engil vaznda sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida gapirdi.
U o'zining Tvitter sahifasida muxlislari bilan o'tkazgan muloqoti chog'ida boshqa umuman oktagonga chiqmasligi mumkinligini aytdi.
"CHempion, navbatdagi jang qachon?"
Pore: "Ertaga nima bo'lishini bilmayman"
"Faoliyatni yakunlash?"
Pore: "Ko'ramiz"
"Konor bilan to'rtinchi jang bo'ladimi?"
Pore: "Katta ehtimol bilan yo'q!"
"Nega Dias sendan qochib yuribdi?"
Pore: "U triatlet"
"Hozirgi vazning qancha, chempion?"
Pore: "183 funt (83 kg)"
"Nima deb o'ylaysan, Neyt bilan jang o'tkazilsa, natijasi qanday bo'lardi?"
Pore: "Men uni to'xtatardim"
Eslatib o'tamiz, yil boshida Dastin Pore qisqa muddatda Neyt Diasga qarshi kechadigan jangga rozilik bergandi. Ammo, Dias sabab bu jang o'tkazilmay qolgan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar