28 noy 08:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Kutilmagan xabar! Ertaga bo'lib o'tadigan UFC kechasining markaziy jangi bekor bo'ldi. Nega?
Xabaringiz bor, ertaga AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC kechasi tashkil etiladi.
Kechaning markaziy jangida Kertis Bleyds Derrik Lyuisga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi. Jang g'olibi og'ir vazn toifasidagi UFC kamari uchun rasmiy davogar nomini olardi. Biroq jangga bir kun qolganida Kertis Bleydsning koronavirus uchun topshirgan test natijasi ijobiy chiqqan. Natijada UFC bu jangni bekor qilishga majbur bo'ldi.
Endi UFC Vegas 15 kechasining markaziy jangida Entoni Smit Devin Klarkka qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar