08 noy 09:48
Yangiliklar
Kutilmagan xabar. Floyd Meyvezer MMA jangidan voz kechdi
Meyvezer shu yilning 31 dekabr kuni Saitama shahrida yaponiyalik kikbokschi Tenshin Nasukavaga qarshi jang o'tkazishi kerak edi.
“Birinchidan, men, Floyd Meyvezer hech qachon Tenshin Nasukava bilan o'tkaziladigan jang rasman elon qilmaganman. SHunchaki mendan uch raunddan iborat jami 9 daqiqalik ko'rgazmali jangda ishtirok etib berishimni so'rashgandi.
Bu taklifni Rizin Fightning Federation kompaniyasi bergan edi. One Entertainment kompaniyasi vakili Brent Jonson ham bu ko'rgazmali jang katta gonorar evaziga kam sonli badavlat insonlar uchun o'tkazilishini aytgandi. Keyin jang shunchaki shou xarakterida bo'lib, butun dunyoga translyaciya qilinmasligi ham takidlangan edi.
Afsuski, biz matbuot anjumanida xayratdan yoqa ushladik. Unda tashkilotchilar jang rostmana aralash qoidalar asosida o'tkazilishi va butun dunyoga translyaciya qilinishini malum qilishdi. Men janjal ko'tarib o'tirmadim va oddiygina qilib bu jang o'tkazilmaydi dedim. Muxlislardan bu holat uchun uzr so'rayman. Kechirimning kattasini tashkilotchilar so'rashlari kerak”, - dedi Meyvezer.
Fikrlar