27 iyu 09:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Kutilmagan xabar! Misha Teyt - Loren Merfi jangi bekor qilindi
2 iyul kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC 276 turniri bitta muhim jangdan mahrum bo'ldi.
Ayollar engil vazn toifasida Misha Teyt va Loren Merfi o'rtasida o'tkazilishi belgilangan jang UFC 276 turniri kardidan chiqarildi. Bu haqda rasman tashkilot vakillari xabar berishdi. Lekin jangning bekor bo'lish sabablari ochiqlanmagan.
Taniqli sport sharhlovchisi Ariel Xelvanining aytishicha, jangning bekor bo'lishiga Merfi sababchi ekan. Matchmeykerlar qisqa muddatda Mishaga raqib topa olishmagan. Agar Teyt ushbu jangda g'alaba qozonganida, chempion Valentina SHevchenkoning navbatdagi raqibiga aylanar edi.
Eslatib o'tamiz, UFC 276 turnirining markaziy jangida o'rta vazn toifasi chempioni Israel Adesanya o'z kamarini davogar Jared Kannonirdan himoya qiladi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar