13 avg 09:59
Yangiliklar

Kutilmagan xabar. SHon O’Melli faoliyatini yakunlashi mumkin
"Agar taxmin qilishimga to'g'ri kelsa, shu yilning noyabr yoki dekabr oylarida qaytib kelaman, degan bo'lardim. Aslida bu yil yana bir jang o'tkazishni istardim, ammo bunday bo'lmasligi ham mumkin. Bundan tashqari, men boshqa hech qachon jang qilmasligim ham mumkin - hech qachon, ha bunga ishonib bo'lmaydi," - dedi amerikalik o'z podkastining navbatdagi sonida.
O’Melli bu bayonot aynan nima bilan bog'liqligiga aniqlik kiritmadi. Amerikalik aralash yakkakurash ustasi trilogiyada chempion Merab Dvalishviliga imkoniyatni boy bergandi. O'tgan yilning sentyabr oyida SHon chempionlik kamarini gruziyalik jangchiga boy berib qo'ygan bo'lsa, shu yilning iyunida chempionlik revansh jangida "Mashina"ga uchinchi raundda bo'g'ish orqali yutqazdi.
Ayni damda SHon O’Melli UFC’ning eng engil divizioni reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar