25 okt 10:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Kutilmagan yangilik. Vargas Abduqahhorovga rad javobini berdi
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni 29 yoshli Jessi Vargas IBF tashkilotiga rad javobini berdi.
Aynan IBF Vargasga 25 yoshli hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov bilan jang o'tkazish taklifini bergan edi. Ushbu jang chempionlik bahsi uchun saralash vazifasini o'tab berishi, g'olib yarim o'rta vaznda IBF chempioni Errol Spensga qarshi ringga ko'tarilish huquqini qo'lga kiritardi.
Eslatib o'tamiz, o'z vaqtida chempionlik kamarini himoya qilmagani uchun Abduqahhorov WBC Silver chempionlik kamaridan mahrum etilgan edi. CHempionlik kamarini olti oydan kam muddatda himoya qilish talab etiladi. Vargas o'z qaroriga izoh bermagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar