So’nggi yangiliklar

19:13Яхши хабар: Богдан Гусков UFC рейтингида кўтарилишга эришди 0 18:52Асу Алмабаев рейтингда жангсиз кўтарилди 0 18:31Патрик Виейра қозоқ жамоасини бошқариши мумкин 0 18:10UFC Fight Night 269 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 17:49Mangu Лигаси Octagon League'нинг ўзбекистонлик собиқ чемпиони билан шартнома имзолади + ПОСТЕР 0 17:28Ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон чемпионати ғолиблари аниқланди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 17:07Терма жамоамизнинг икки футболчиси Тошкент жамоасида машғулот олиб бормоқда 0 16:46О`Мэлли Двалишвилидан мағлубияти ҳақида: "Бўйи 165 см дан паст одамга ютқазиш шармандалик" 0 16:25Дана Уайт: "Боксда энг қолоқ омадсиз ва аблаҳлар ишлайди" 0 16:04"Исроил ва Трампдан миннатдорман" — Стрикленд UFC Freedom 250 кардида йўқлиги ҳақида 0 15:43"Арсенал" ва "Барселона" германиялик футболчи учун курашмоқда 0 15:22Шаҳрам Ғиёсов: "Мен жанг қилишга тайёрман, лекин у тайёр эмас!" 0 15:01Ронда Роузи: "Оқ уйдаги UFC карди - ахлат!" 0 14:40Слаломда эшкак эшувчиларимиз Таиланддаги иккита турнирда 13 та медаль қўлга киритишди + ФОТО 0 14:19Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Элит ОЧЛ учрашувида ишлайди 0

08 iyu 18:37
Yangiliklar

Sport kurashlari

Layloxon Sobirova finalda, qolganlar bronza uchun kurashishadi

Bahraynda davom etayotgan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kungi saralash bellashuvlari yakuniga etdi.

Xabar berganimizdek, bugun yoshlar (U 20) o'rtasidagi qita chempionatida ayollar kurashi vakilalalari medallar uchun gilamga chiqishyapti. 57 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Layloxon Sobirova murosasiz kechgan yarim final bellashuvida hindistonlik Sito Sitoni 12-10 hisobida engib, Osiyo chempionatining finaliga yo'l oldi. 

Sobirovaning oltin medal uchun kechadigan bahsdagi raqibasi qozog'istonlik Zeynep Bayanova bo'ladi. Ular ikkinchi davrada o'zaro bellashishgan va unda so'nggi qo'lga kiritilgan ball (6-6) evaziga Bayanova g'alaba qozongan edi.

53 kg vaznda kurashayotgan Dilshoda Matnazarova kechki final dasturida bronza medali uchun gilamga chiqadi. Uning raqibasi yaponiyalik Rio Xattori bo'ladi. Yarim finalda qozog'istonlik Tinis Dubekka yutqazgan (0-10) Rushana Abdurasulova (62 kg) bronza medali uchun koreyalik Seo En Baega qarshi bahs olib boradi. 

65 kg vazndagi terma jamoamiz azosi Gulmira Aytmuratova ham bronza medali uchun bahs olib boradigan bo'ldi. Yarim finalda yaponiyalik Nagisa Itoga imkoniyatni boy (6-12) bergan Aytmuratova bronza uchun qirg'izistonlik Dilnaz Sazanovaga qarshi gilamga chiqadi.     

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing