26 mar 11:03
Yangiliklar
Sport kurashlari

Layloxon Sobirova Osiyo chempionatida ishtirok etmaydi, buning sababi malum
Xabar berganimizdek, kecha Iordaniyaning Amman shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi.
Avvalroq, musobaqada ishtirok etishi aytilgan ayollar kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Layloxon Sobirova (57 kg) Osiyo chempionatini o'tkazib yuboradigan bo'ldi.
Bu haqda terma jamoa katta murabbiyi Abdurauf Bozorboev UWW_UZB kanali bilan suhbatda malum qildi.
"Layloxonda musobaqaga ikki kun qolganida kuchli shamollash ro'y berdi, sportchimizni turnirga olib borish uchun shifokorlar bilan qo'ldan kelgancha harakat qildik, ammo tuzalishi qiyin bo'ldi va uni olib bormaslikka qaror qildik", dedi murabbiy.
Havola :
Manba : UWW_UZB
Fikrlar