16 okt 19:02
Yangiliklar

Layloxon va Nigina bormi? Ayollar kurashi bo'yicha U-23 Jahon chempionati uchun tarkibimiz elon qilindi
20-27 oktyabr kunlari Serbiyaning Novi-Sad shahrida sport kurashlari bo'yicha U-23 yosh toifasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.
Musobaqada ishtirok etuvchi U-23 qizlarimizning ham tarkibi aniq bo'ldi. Etiborlisi, Layloxon Sobirova hamda Nigina Sobirova kabi taniqli kurashchilarimiz ham mazkur turnirda g'oliblik uchun bahs olib borishadi.
Ayollar kurashi bo'yicha U-23 Jahon chempionatida ishtirok etuvchi o'zbekistonlik sportchilar:
50 kg: Mushtariy Tolipbekova
53 kg: Dilshoda Matnazarova
57 kg: Ulmeken Esenbaeva
59 kg: Layloxon Sobirova
62 kg: Nigina Sobirova
65 kg: Muhayyo Narzilloeva
72 kg: Sevinchoy Polvonova.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar