29 jan 22:01
Yangiliklar

Lazizbek Mullajonov nokautli g'alabadan so'ng: "Raqibni o'rganish uchun etarli vaqt bo'lmagandi"
Mullajonov www.olamsport.com sayti uchun jangdan keyingi fikrlarini bildirib o'tdi.
«Jangga tayyorgarlik ko'ngildagidek bo'ldi. CHunki mashg'ulotlarni o'zimizning terma jamoa bilan olib bordim. Terma jamoa murabbiylari menga katta yordam berishdi. SHuning uchun tayyorgalik alo daraja bo'ldi deya olaman.
Raqibim jangga oz muddat qolganda o'zgardi, o'rganish uchun etarlicha vaqt bo'lmadi. Lekin bu g'alaba qozonish uchun halal bermadi.
Jangni muddatidan oldin yakunlanishini kutmagandim, lekin niyat qilgandim. Albatta hamma bokschi debyut jangini muddatdan oldin tugatishni xohlaydi.
In SHaa Alloh 31 yanvar O'zbekistonga qaytamiz va 5 fevraldan Yangiobod o'quv-bazasida yig'inimiz boshlanadi. Murabbiylarimiz bilan maslahatlashgan xolda mashg'ulotlarga boramiz albatta» - dedi Lazizbek.
Sarvinoz Raxmonqulova suhbatlashdi
Fikrlar