31 okt 20:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Lazizbek Mullojonov: Birinchi jangdagi kabi qiynalmadim
Biroz avval +92 kg vaznli bokschimiz Lazizbek Mullojonov Buyuk Britaniya vakili Delicius Oreni mag'lub etib keyingi bosqichga yo'l oldi.
Lazizbek g'alabadan so'ng jang haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Jang yaxshi o'tdi. O'zimni birinchi jangdan ko'ra yaxshi his qildim. O'ylaganimdek jangdan-jangga ochilib boryapman. Bu raqibim ham bo'ydor ham zarbalari kuchli ekan. Lekin birinchi jangdagi kabi qiynalmadim.
Keyingi raqibim Armanistondan bo'ladi. U bilan harbiy bokschilar o'rtasidagi jahon chempionatida to'qnash kelganmiz va o'shanda g'alaba qozongandim. Endi biz yana jang qilamiz. Kim kuchliligini ring ko'rsatadi», - dedi Mullojonov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar