28 okt 19:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Lazizbek Mullojonov: Bu erga hamma oltin medal olaman deb kelgan
Lazizbek Mullojonov g'alabadan so'ng jang haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Birinchi jang doim qiyin bo'ladi. Qolganlarda bilmadim qanday, lekin men uchun biroz qiyin. CHunki, ilk jangda ringni, raqibni, atmosferani his qilish kerak. Allohga shukur, g'alaba qozondik. Raqibim ham jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Bu erga hamma oltin medal olaman deb kelgan. Albatta, chempionatga katta nomlarning kelmagani qaysidir manoda biz uchun yaxshi. Lekin biz bunga qaramaymiz. In SHaa Alloh, qanday raqib bo'lishidan qati nazar, Vatanimizga oltin medal bilan qaytishga harakat qilamiz. Har bir raqibga hurmat bilan qaraymiz. Biz faqat ringda raqibmiz, undan tashqarida do'stmiz», - dedi Mullojonov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar