27 okt 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Lebedevning keyingi jangi WBA Super kamari himoyasi bo'lishi mumkin
Birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Denis Lebedev 24 noyabr kuni Monako amerikalik Mayk Uilsonga qarshi ringga ko'tariladi.
Malumotda keltirilishicha, Lebedev mazkur bahsda WBA Super chempionlik kamarini himoya qiladi. Ushbu titul Lebedevga tegishli bo'lgandi. Lekin faoliyatida tanaffus olgani uchun WBA tashkiloti unga “tatildagi chempion” maqomini bergandi.
Avvalroq, 24 noyabr kungi boks oqshomi tashkilotchisi, Britaniyaning Matchroom Boxing kompaniyasi Lebedev - Uilson jangining chempionlik maqomida bo'lishini aytgan, lekin bunga hech qanday izoh bermagan edi. Uilson ayni paytda WBA reytingida 12-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar