15 jan 09:16
Yangiliklar

Liana Jojua: "Hozir menda sportga avvalgidek mehr-muhabbat yo'q"
Gruziyalik aralash yakkakurash jangchisi Liana Jojua sportga bo'lgan mehri avvalgidek emasligini haqida gapirdi.
“Bunday janglar kerak emas. Men ilgari buni juda yaxshi ko'rganim uchun qilardim, bu menga juda yoqardi. Men sport bilan shug'ullanib, qiz va inson bo'lib ulg'aydim. Aytishim mumkinki, u meni 10 yil tarbiyaladi. Men aralash jang sanatiga kelganimda 17 yoshda edim va aniq ayta olamanki, undan avvalgi barchasi bolalik edi. Kimdir allaqachon bu yoshda oilaga yordam bera boshlaydi yoki o'z oilasini quradi. Men esa befarq bola edim.
Hozir menda bu sport turiga avvalgidek mehr-muhabbat yo'q. Qanchalik dahshatli tuyulmasin, biz hammamiz katta bo'lamiz va vaqt o'tishi bilan bu sevgi emas, ish ekanligini tushunamiz. Men boshqa nimadir topishim mumkinligiga ishonaman. Nima qilishim mumkin? Menda boshqa g'oyalar bor", - dedi Liana.
Fikrlar