11 jan 07:41
Yangiliklar

Liana Jojua UFCdan chetlatilganidan keyingi rejalari haqidagi savolga javob berdi
Eslatma uchun, o'tgan yilning noyabr oyi o'rtlarida Jojuaning UFCdan chetlatilgani malum qilingandi.
«Men hozir sog'lig'imni tiklash va dam olish bilan bandman. SHunday ekan, biz turli ligalarning taklifini qabul qilishimiz mumkin. O'ylaymanki, men ham pandemiyadagi ikki yilni boshqalar kabi qiyin o'tkazdim. Har bir inson ko'pgina muammolarga duch keldi», — deb javob berdi Liana o'z instagram sahifasida.
Liana UFCdagi so'nggi jangini AQSH vakilasi Kortni Keysiga qarshi o'tkazdi. Jang UFC Vegas 42 turniri doirasida o'tkazildi. Qarama-qarshilik uch raund davom etdi, unda hakamlarning umumiy qaroriga ko'ra amerikalik jangchining g'alabasi qayd etildi. Bu Jojua uchun ketma-ket ikkinchi mag'lubiyat bo'ldi. 2020-yil oktyabrida u yana bir amerikalik jangchi Miranda Meverikka mag'lubiyatga uchragan edi.
Fikrlar