03 iyu 13:31
Yangiliklar
Licenziat kurashchilarimiz Vengriyadagi turnirda ishtirok etishadi
6-9 iyun kunlari Vengriyada sport kurashlari bo'yicha reyting seriyasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tadi. Jahonning sara polvonlari qatnashadigan mazkur musobaqada hamyurtlarimiz erkin va ayollar kurashi dasturlarida o'z omadlarini sinab ko'rishdai.
Ushbu musobaqa 74 kg vaznda O'zbekiston nomidan Parij-2024 Olimpiadasida qaysi erkin kurashchimiz qatnashishini aniqlab beradi. Licenziyani o'z mehnati bilan kurashib yutib olgan Bekzod Abdurahmonovmi yoki mahalliylashtirilgan Razambek Jamalovmi?
Mavjud qoidalarga ko'ra, sport kurashlarida licenziyani qo'lga kiritgan sportchi uchun Olimpiadaga borish kafolatlanmagan. Kurashchilarning o'sha paytdagi sport formasidan kelib chiqib murabbiylar shtabi qaror chiqaradi.
Terma jamoamiz tarkibi:
Erkin kurash:
-57 kg: G'ulomjon Abdullaev
-65 kg: Umidjon Jalolov
-74 kg: Bekzod Abdurahmonov
-74 kg: Razambek Jamalov
-86 kg: Bobur Islomov
-125 kg: Hasanboy Rahimov
Ayollar kurashi:
-50 kg: Aktenge Keunimjaeva
-53 kg: Sahibjamal Esbo'sinova
-68 kg: Feruza Esenbaeva
Fikrlar