19 mar 20:02
Yangiliklar
Stol tennisi
Licenzion turnir: Uch nafar stol tennischimiz yarim finalda
Ayni kunlarda Qatar poytaxti Doxa shahrida Osiyo qitasi uchun Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi licenzion musobaqasi davom etmoqda.
Quvonarlisi O'zbekiston stol tennisi terma jamoasining uch nafar raketka ustalari Zohid Kenjaev, Rimma Gufranova va Marxabo Magdieva yarim finalga yo'l oldi.
Hal qiluvchi final yo'llanmasi uchun Zohid Qozog'iston vakili Kiril Gerasimenkoga qarshi bahs olib borsa, ikki nafar qizlarimiz esa o'zaro final yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar