08 avg 14:59
Yangiliklar
Futbol
"Liverpul" Barkola bo'yicha kelishuvga erishdi
Angliyaning "Liverpul" klubi Franciyaning PSJ jamoasiga vinger Bredli Barkola transferi uchun taxminan 128 million evro taklif qildi.
"L’Équipe" nashrining xabar berishicha, bir necha kunlik muzokaralardan so'ng Franciya klubi futbolchini ushbu narxga sotishga rozilik bergan. Barkolaning o'zi esa inglizlar bilan 5+1 ko'rinishdagi shartnomaga imzo chekadi.
O'tgan mavsumda Barkola PSJ safida barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va ettita golli uzatmaga mualliflik qildi. "Transfermarkt" portali malumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 90 million evroni tashkil etadi.

Havola :
Fikrlar