06 avg 19:17
Yangiliklar
Futbol
“Liverpul” va PSJ Barkolya bo'yicha kelisha olmayapti
Parijliklar futbolchi uchun 150 million evrodan ortiq mablag' so'ramoqda.
“L’Equipe” nashrining xabar berishicha, Franciya klubi futbolchining o'tishi uchun 150 million evro va bonuslar talab qilmoqda, ammo angliyaliklar buncha pul to'lashga tayyor emas.
“Liverpul” to'lashga tayyor bo'lgan maksimal summa 120 million evroni tashkil etadi.
Oldinroq futbolchining o'zi “Liverpul”ga o'tishdan manfaatdor ekani haqida xabar berilgandi.
PSJ vingeri o'tgan mavsum barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar