29 okt 14:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Lobov o'tkazgan jangi uchun qo'shimcha puldan voz kechdi
Xabaringiz bor, kecha Kanadaning Monkton shahrida UFC Fight Night 138 turniri bo'lib o'tdi.
Ushbu jangda ishtirok etgan rossiyalik Artyom Lobov Maykl Jonson bilan jang uchun 22 ming dollar oldi. Uning raqibi esa 113 ming dollarga ega bo'ldi (g'alaba uchun berilgan gonorarni ham qo'shib hisoblaganda).
Eslatib o'tamiz, bir kun oldin o'tkazilgan vazn o'lchash marosimida Jonson vazn meyorini bajara olmagan va o'z gonorarining 20 foizini Lobovga berishi lozim edi.
Ammo, rossiyalik sportchi ushbu gonorarni olishni istamadi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar