06 iyu 17:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Logan Pol: Ertaga barcha davrlarning eng zo'r bokschisini mag'lub etaman
Ertaga Mayami shahrida uzoq kutilgan boks kechasi bo'lib o'tadi.
Kechaning markaziy jangida Logan Pol boks afsonasi Floyd Meyvezerga qarshi ringga ko'tariladi. Bokschilar jang oldidan matbuot anjumani va vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi. Bloger ertangi bahs haqida fikr bildirdi.
"Bu aqlbovar qilmas hodisa bo'ladi. Men ertaga tarixni o'zgartiraman va barcha davrlarning eng kuchli bokschisini mag'lub etaman",-deb fikr bildirdi Logan.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar